Rossiya fuqarosini 52 000 000 ga “aldashdi”
Toshkent shahri. 2021 yilning 25 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi fuqarosi 77 yoshli F.Rufina Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning iyun oyida tanishi 40 yoshli S.Alisher Toshkent shahar hokimiyati orqali uy sotib olishida yordam berishini vaʼda qilib, Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasi 62 uy oldida 52 000 000 so‘m pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmaganligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.Alisherga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Birovga ishonch bildirishdan oldin chuqur o‘ylab ko‘ring. Firibgarlik qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo‘ling!
Muallif: Yakkasaroy tumani IIO FMB TB
tahlil va nazorat bo‘linmasi katta tergovchisi
Sh.A.Mirkarimova
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti