3 nafar odamning hayotiga zomin bo‘lgan YTH
Sirdaryo. 2020 yilning 05 may kuni soat 23:30 da 31 yoshli R.M. boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida Sayxunobod tumani “Do‘stlik” MFY hududida yo‘lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l bo‘yidagi P-12 kanaliga ag‘darilib ketib yo‘l transport hodisasini sodir qilgan.
Natijada avtomashina xaydovchisi R.M., avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqarolar 30 yoshli A.D. va 22 yoshli R.M. (ayol) hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbeksiton Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti