O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoroda YTH: yuk mashinasi ikki nafar fuqaroni urib yuborishi natijasida, piyodalar halok boʼldi!

2019 yil 24 noyabr kuni taxminan soat 11:30 larda fuqaro 24 yoshli O.А. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi bilan Buxoro shahar Doʼstlik koʼchasidan oʼtuvchi А-380 avtomobil yoʼlining 218 km.dan Gazlishoh koʼchasidagi aylanma yoʼl tomonga harakatlanib kelib, piyodalar oʼtish joyidan harakat yoʼnalishi boʼyicha yoʼlning chap tomonidan oʼng tomoniga kesib oʼtayotgan piyoda 51 yoshli T.B. va uning turmush oʼrtogʼi 49 yoshli Yu.Yo.larni avtomashinaning old tomoni bilan urib yuborib, yoʼl-transport hodisasi sodir qilgan. Oqibatda T.B. hodisa joyida va Yu.Yo. esa RShTYoIM Buxoro filialida koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 24 noyabr kuni Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan fuqaro O.А.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʼlimiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Tayyorladi: kapitan J.Qodirov

Text to speech