Enagani “qo‘li egri” bo‘lib chiqdi
Toshkent shahar. 2023 yil 17 iyun kuni 30 yoshli M.Sh. (ayol) tuman IIO FMB boshlig‘ining nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 09:00 larda, nomaʼlum shaxs uning yashab kelayotgan Toshkent shahri Chilonzor tumani 19-mavzesida joylashgan xonadoniga erkin ravishda qirib, xonadonda joylashgan javon ichida bo‘lgan o‘ziga tegishli 6102 AQSH dollari miqdoridagi naqd pullarni hamda umumiy narxi 3600 AQSH dollari bo‘lgan 1 dona bilak uzuk va 1 dona tilla uzugini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxsni aniqlab, unga yetkazilgan moddiy zararni qoplashda amaliy yordam berishni hamda ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
Olib borilgan tergov tezkor ishlar natijasida, mazkur jinoyatni ushbu xonadonda enaga bo‘lib ishlab kelayotgan 36 yoshli R.Z. (ayol) 16 iyun kuni xonadonda hech kim bo‘lmaganligidan foydalanib, xonadon egasining yotoqxonasida joylashgan qora rangli javon ichida bo‘lgan pullarini va tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlaganligi anqilangan. Tergov jarayonida undan ashyoviy dalil tariqasida jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan taqinchoqlari, 2.500 AQSH dollari rasmiylashtirib olingan.
Bundan tashqari, ayol o‘g‘irlangan pul mablag‘larini bir qismini, yaʼni 22,7 mln. pullarni milliy valyutaga aylantirib, o‘zining bank plastik kartasiga tushirib olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan R.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha, R.Z. ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti