O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“GASHISH”ning asl egasi ham ushlandi

Andijon viloyati. 2021 yilning 12 aprel kuni viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan  tezkor-tadbir davomida, Jalaquduq tumani markazida joylashgan “Ishonch kredit” savdo do‘koni oldida fuqaro 36 yoshli D.Alisher shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqaroga 500.000 so‘m evaziga sof og‘irligi 3.95 gramm bo‘lgan “GASHISH” giyohvand moddasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu giyohvand moddani Jalaquduq tumani Naʼmuna mahallasida yashovchi 36 yoshli R.Farruxbekdan sotib olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.Alisher va R.Farruxbeklarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech