"Golden Cash" taʼsischilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2020 yil 15 yanvar kuni Ukraina fuqarosi 29 yoshli M.M., Toshkent shahrida “Golden Cash store” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasini taʼsis etib, bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib, korxonaning asosiy faoliyati chakana savdo bo‘lsada, 2020 yil yanvar oyidan fuqarolar orasida va internet tarmog‘i orqali ushbu korxonadan tilla va kumush buyumlarni sotib olish yo‘li bilan yillik 260 % gacha daromad berib borish bilan qiziqtirgan holda targ‘ibot-tashviqot ishlarini uyushtirib, fuqarolardan pul mablag‘larni qabul qilib, mijozlar oldidagi majburiyatlarini yangi mijozlar hisobidan go‘yoki daromad sifatida plastik kartalariga maʼlum miqdorda pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan qiziqtirib, respublika bo‘yicha ko‘plab fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritishgan.
Joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan “Golden Cash Store” MCHJ ko‘rinishdagi xorijiy korxona mansabdor xodimiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 1881-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha fuqarolarga yetkazilgan zararni aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida chet el fuqarolari M.M., v.K., S.T., A.S. va X.Sh.larga 1881-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari bilan ayblov eʼlon qilinib, har biriga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergovni O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti