Dorixonada sotuvchiga nisbatan talonchilik jinoyati sodir etildi
Toshkent shahri. 2021 yilning 26 mart kuni Uchtepa tumani 11-mavzeda joylashgan 26 yoshli Hofiz M., o‘ziga tegishli dorixonada savdo qilayotgan vaqtida nomaʼlum shaxs dorixonaga kelib u yerda janjal chiqarib, Hofiz M.,ning qo‘lida bo‘lgan "Samsung A 50" rusumli telefon apparatini talonchilik yo‘li bilan tortib olib qochayotgan vaqtida ushbu hududda xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan ushlanib, yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda qizil rangli izolentaga o‘ralgan oq rangli o‘tkir hidli kukunsimon modda borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni muqaddam bir necha marotaba sudlangan 30 yoshli Anvar I., sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Tergov davom etmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti