Gugurt qutisida “marixuana” aniqlandi
Sirdaryo viloyati. 2021 yilning 21 mart kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 34 yoshli Ruslan M., va Ruslan D., lar Guliston shahar Sayqal mahallasi hududida shartli ravishda mijoz sifatida jalb etilgan fuqaroga bir dona gugurt qutiga joylashtirilgan o‘tkir hidli moddani 600.000 so‘m pul evaziga sotgan vaqtida ushlanganlar.
Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida bir dona gugurt qutisida vazni 2,86 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvand moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ruslan M., va Ruslan D., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi "b" bandi (Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda bir guruh shaxslar tomonidan o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti