O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Voyaga yetmagan o‘quvchiga nisbatan sodir etilgan talonchilik fosh qilindi

Andijon viloyati. 2021 yilning 05 aprel kuni soat 12:30 larda nomaʼlum shaxslar boshqaruvlaridagi “Spark” rusumli avtomashinada Andijon tumani Chem MFY., hududidan o‘tgan “Andijon-Asaka” chorrahasi qatnov yo‘lida ketayotgan voyaga yetmagan 9-sinf o‘quvchisi 16 yoshli Xikmatillo X.,ning oldida to‘xtab, qo‘lidagi “RedMi Note-9” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq tortib olib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 26 yoshli Doniyorbek T., va 21 yoshli Javohir Z.,lar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Doniyorbek T., va Javohir Z.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech