O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Gagarin” oldidagi talonchilar qisqa fursatda ushlandi  

 

Toshkent shahri. 2021 yilning 25 aprel kuni soat 03:00 larda ikki nafar nomaʼlum shaxslar Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasida joylashgan “Gagarin” nomiga o‘rnatilgan haykal oldida turgan 23 yoshli Yu.Yunusjonga hayoti uchun xavfli bo‘lmagan tan jarohati yetkazib, uning qo‘lida bo‘lgan 650.000 so‘m pullarini ochiqdan-ochiq tortib olib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 20 yoshli R.Jamoliddin va 21 yoshli A.Sherzodlar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan 650 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan R.Jamoliddin va A.Sherzodlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech