O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Parkentdagi talonchilik, 3 nafar shaxs ushlangan

 Toshkent viloyati. 2020 yilning 16 mart kuni soat 10:30 da 29 yoshli Q.N., 24 yoshli X.E. va 22 yoshli А.T.,lar oʼzaro jinoiy til biriktirib, Parkent tumani, Zarkent qishlogʼi hududidan oʼtuvchi “Zarkent-Parkent” avtomobilь yoʼlining chekka qismida 38 yoshli U.Sh.,ga hayot va sogʼliq uchun xavfli boʼlmagan zoʼrlik ishlatib, unga tegishli boʼlgan bahosi 2.000.000 soʼmlik “LG” rusumli uyali aloqa vositasini, 2.000 АQSh dollari hamda 500.000 soʼm naqd pullarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Tergov jarayonida X.E.,dan ashyoviy dalil tariqasida “LG” rusumli uyali aloqa vositasi olingan.

Jinoyat ishi yuzasidan А.T., Q.N. va X.E.,lar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech