Misqollab yig‘ganini makkor firibgar qo‘lga kiritdi
Toshkent. 2019 yilning oktyabr oyida 49 yoshli Ravshan A., Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani A.Ortiqova mahallasida joylashgan 30 sotixli yer maydonini jami 24.000 AQSH dollari evaziga fuqaro 40 yoshli Muzaffar A.,ga sotishini aytib, aldab, uning ishonchiga kirgan holda 2019 yilning 27 oktyabr kunidan 23 dekabr kuniga qadar Muzaffar A.,dan 9.200 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olishga erishgan ammo bergan vaʼdasini bajarmay, shartnoma rasmiylashtirmasdan, qo‘lga kiritilgan pullarni o‘zining ehtiyojlariga sarflab yuborib, hozirgi kunga qadar Muzaffar A.,ni turli bahonalar bilan aldab kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Ravshan A., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “B” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha Ravshan A., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib himoyachi ishtirokida so‘roq qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Hurmatli fuqarolar. Ogoh bo‘ling, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang, ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha shartnomalarni faqatgina notarial idorada rasmiylashtirishgizni tavsiya qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti