O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqanddagi Buxoro ko‘chasidan olib qochilgan avtomashina topildi

Samarqand. 2020 yilning 07 noyabr kunidan 08 noyabr kuniga o‘tar kechasi, nomaʼlum shaxs Samarqand shahar Buxoro ko‘chasi 66-uyda yashovchi 34 yoshli Furqat O., o‘ziga tegishli oq rangli “VAZ-21011” rusumli avtomashinasini yashash uyi oldida qarovsiz qoldirib ketganligidan foydalanib avtomashinani nomaʼlum tomonga olib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, ushbu jinoyatni Samarqand shahrida yashovchi fuqaro 32 yoshli Ramiz B., spirtli ichimlik taʼsirida sodir etganligi aniqlanib, u avtomashinani boshqarib ketayotganida vaqtida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib ushlanib undan  Furqat O.,ga tegishli oq rangli “VAZ-21011” rusumli avtomashinasi xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ramiz B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Ramiz B., ga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish masalasini hal qilish uchun Samarqand shahar prokuraturasiga taqdim qilingan.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech