“Mir Cinema” oldida bezorilik sodir qilindi
Toshkent shahri. Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan voyaga yetmagan 17 yoshli Abdulaziz J.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (Bezorilik, yaʼni sovuq qurolni namoyish qilib, uni qo‘llab) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021 yilning 04 aprel kuni soat 19:00 larda Abdulaziz J., Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Mir Cinema” do‘koni oldida bo‘la turib, shu yerda bo‘lgan voyaga yetmagan 17 yoshli Sultonxo‘ja A., bilan hech bir sababsiz janjallashib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan badanining turli joylariga urib tan jarohat yetkazgan.
TTA-2 kilinik shifoxonasining tibbiy maʼlumotida Sultonxo‘ja A.,da “qorin old, ikkala kurak, chap bel sohasi, ikkala son tashqi yuzasi va o‘ng dumba qismida kesilgan” jarohatlari ko‘rsatilgan.
Hozirda ushbu janjalning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti