Daromadli qurilish ob’ekti haqidagi orzusi puchga chiqdi
Toshkent shahri. Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari davomida, 2020 yilning 29 iyun kuni soat 15:00 larda 60 yoshli Tatyana V., va 57 yoshli Alisher S.,lar o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida qurilish firmasi rahbari 52 yoshli Ruslan F.,ga uning nomidan Davlat dasturi bo‘yicha tenderda ishtirok etib, 620 000 AQSH dollarlik qurilish ob’ekti va loyihasini yutib berishlarini va’da qilib, undan Olmazor tumani TXAY ko‘chasida joylashgan chorrahada 61 000 AQSH dollar pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan olib, bergan va’dasini bajarmaganliklari aniqlandi.
Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar hozirgi kunda ko‘plab uchrayotgan firibgarlarning domiga tushib, yillar davomida qilgan mehnatlaringiz evaziga bo‘lgan moddiy qimmatliklaringizni tanimagan, yaxshi bilmaganinsonlarga biron-bir hujjatsiz yoxud notarial tasdiqlanmagan shartnomalarsiz bermasliklaringizni, yuqoridagi holatlar yuzasidan sohaviy idoralarga murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti