Bagʼdoddagi bezorilik
Fargʼona. 2020 yil 15 iyunь kuni soat 15:30 da 50 yoshli S.А., spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast xolda Bagʼdod tumani Olmazor koʼchasida 44 yoshli S.M., bilan oʼrtalarida kelib chiqqan janjal vaqtida jamoat joyida jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan umum eʼtirof etgan axloq qoidalarini buzib, hech bir sababsiz qoʼllari va oyoqlari bilan 44 yoshli S.M., ni bosh va yuz sohalariga urib tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan Bagʼdod tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan S.А.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Fuqaro S.А.,ga nisbatan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.
Hozirda jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti