O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tibbiyot niqobi olib kelib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi.

Toshkent. 2020 yilning 24 fevralь kuni 43 yoshli А.А., oʼzganing mulkini aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʼli bilan qoʼlga kiritish maqsadida, Chilonzor tumani TXАY koʼchasida 32 yoshli B.B., ga Eron davlatidan 2 mln. dona tibbiyot niqobi olib kelib berishini vaʼda qilib, B.B., dan 15.950 АQSh dollari miqdoridagi naqd pullarni oldindan olib, shu kunga qadar bergan vaʼdasini bajarmay, olgan pullarini oʼz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan А.А., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Jinoyat ishi boʼyicha А.А., ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, firibgarlik jinoyati qurboni boʼlishingizni oldini olish maqsadida, mahsulot xarid qilishda rasmiy dilerlar yoki rasmiy savdo ofislari xarid qilishingizni tavsiya qilamiz.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech