Maishiy texnika buyumlarini aldov yoʼli bilan qoʼlga kiritgan firibgar
Toshkent viloyati. 33 yoshli N.J. va boshqalar, Boʼka tumani IIB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yilning dekabr va 2020 yilning yanvarь oylari davomida, Boʼka tumanida yashovchi, 34 yoshli G.Ch., ularni aldash yoʼli bilan ishonchlariga kirib, Olmaliq shaxrida joylashgan “Kredit aziya” nomli doʼkondan, pullarini boʼlib toʼlash sharti bilan N.J. va boshqalarning nomlariga jami 134.166.846 soʼmlik turli xildagi maishiy texnika buyumlarini olib, hozirgi kunga kelib G.Ch., olgan narsalarini pullarini toʼlamasdan kelayotganligini maʼlum qilib, ushbu holat yuzasidan unga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan.
Mazkur holat yuzasidan Boʼka tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan G.Ch.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Hozirda jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, firibgarlik jinoyati qurboni boʼlishingizni oldini olish maqsadida, mahsulot xarid qilishda rasmiy dilerlar yoki rasmiy savdo ofislari xarid qilishingizni tavsiya qilamiz.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti