O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

50 ming soʼm odam xayotiga zomin boʼldi

Qashqadaryo. 2020 yil 16 iyun kuni taxminan soat 10:20 da Qamashi tumani “Iftixor” koʼchasida joylashgan “Hunarmand” savdo majmuasidagi doʼkoni xodimi fuqaro А.L., 2020 yil 27 aprelь kuni “REDMI 8A” rusumli uyali telefon apparatini 1 mln. 600 ming soʼmga sotib olib, shundan toʼlanmay qolgan 250.000 soʼm qarzini berish maqsadida doʼkonga kelgan E.S.,dan 300.000 soʼm berishini talab qilib, u bilan oʼzaro janjallashib, doʼkon tashqarisiga chiqib, yuzi va bosh qismiga mushti bilan bir necha marotaba urishi natijasida u yerga bosh qismi bilan yiqilib, tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga koʼra, E.S., bosh miyaning yopiq jarohati, ensa suyagining chiziqli sinishi va boshqa koʼrinishdagi hayot uchun xavfli boʼlgan “ogʼir” tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan А.L.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining oʼlishiga sabab boʼlgan qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Eslatma: Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs 8-10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi koʼzda tutilgan.

Oʼzbeksiton Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech