O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Chet el “ko‘miri”

Andijon viloyati. 2020 yilning 25 iyun kuni Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi  ko‘mir oldi-oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari  53 yoshli Abdusamat T., tanishi Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi  36 yoshli Alisher A., Qirg‘iziston Respublikasidan tegishli hujjatlar asosida sotish maqsadida olib kelgan ko‘mir mahsulotlarini sotib olishini aytib uning ishonchiga kirib, undan aldov yo‘li bilan jami 37 ta vagonda 2.590 tonna ko‘mir mahsulotlarini olib, boshqa shaxslarga sotib yuborib, 61.000 AQSH dollar pullarini bermasdan o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Abdusamat T.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda jabrlanuvchiga nisbatan yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralari ko‘rilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarga o‘z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech