Ishga qabul qilinmadi
Toshkent shahar. Joriy yilning 06 iyun kuni soat 14:06 larda nomaʼlum shaxs Shayxontohur tumani “Shayxontohur” mahallasida joylashgan Maktabgacha taʼlim muassisining biriga go‘yoki ish qidirib kelganligi bahonasida kirib, so‘ngra esa ushbu Maktabgacha taʼlim muassisining mudira lavozimida ishlovchi 42 yoshli K.N.ni xizmat xonasiga kirib, qo‘lida bo‘lgan pichoq bilan hayot uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, K.N.ning qo‘lida bo‘lgan bahosi 3.150.000 so‘mlik bir dona ayollar uzugi va qulog‘ida bo‘lgan umumiy bahosi 3.600.000 so‘mlik bir juft ziraklarini talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan nomaʼlum shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam bir necha marotaba sudlangan 63 yoshli N.Sh. sodir etganligi aniqlangan. Tergov harakatlari davomida u bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan taqinchoqlarni Yunusobod tumanida joylashgan Oloy bozoriga borib 2.125.000 so‘m pulga sotgan tilla taqinchoqlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda N.Sh. jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti