O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qarz tufayli kelib chiqqan janjal pichoqbozlik bilan tugadi.

Samarqand. 2019 yil 03 dekabr kuni taxminan soat 12:30 larda Samarqand tuman Konigil mahallasi hududida fuqaro 32 yoshli A.X.  va 33 yoshli F.N.lar o‘zaro qarz oldi-berdi masalasida janjallashib, F.N. muqaddam A.X.dan olgan 2.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni qaytarib bermaganligi sababli, A.X. qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan F.N.ga tan jarohati yetkazgan, natijada F.N. tan-jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.  Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro F.N.ga og‘ir tan jarohatlari yetkazilganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida A.X.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e'lon qilinib, munosib xulq atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.  Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi tuzilib, sudlov organiga yuborilgan.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech