“Sharg‘unko‘mir” AJ Xitoy bo‘limida o‘g‘rilik...
Surxondaryo viloyati. “Sharg‘unko‘mir” AJning Xitoy bo‘limi direktorining moliyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ge Cheng Hui Sariosiyo tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yilning 13 mart kuni nomaʼlum shaxslar tomonidan Sariosiyo tumani hududida joylashgan “Sharg‘unko‘mir” AJning Xitoy bo‘limiga tegishli doimiy elektr toki o‘chganda favqulodda holatda shoshilinch ko‘mir konini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi generatorning jami narxi 17 790 000 so‘mlik 2 dona akkumulyatorini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketilganligini maʼlum qilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlar davomida, ushbu jinoyatni AJ “Sharg‘unko‘mir” tunneli ishchisi 21 yoshli Sardorbek U., va muqaddam sudlangan 28 yoshli Orifjon Yo., lar sodir etganliklari, ular o‘g‘irlangan 2 dona akkumulyatorlarni daraxt tagiga yashirib qo‘yganliklari aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Sardorbek U., va Orifjon Yo.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti