O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiq shahri Istiqbol-26. Qani haqiqat Norqo‘ziyeva L.X., Pardayeva N.larga nisbatan jazo bormi? Bular haddidan oshib ketti. Qani IIB xodimlari.17.05.2021” nomi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan RASMIY MUNOSABAT   

Toshkent viloyati. 2021 yilning 17 may kuni soat 19:00 larda 22 yoshli P.Nodira onasi 43 yoshli N.Xanipa bilan Chirchiq shahar Istiqbol ko‘chasi hududidagi jamoat joyi hisoblangan 67-sonli yotqoxona oldida joylashgan bolalar maydonchasida voyaga yetmagan 2 yoshli farzandini 25 yoshli B.Milananing 5 yoshli farzandi tomonidan itarib yuborib yiqitganligini vaj qilib, B.Milana va onasi B.Ivanovalarni haqorat qilib, urib do‘pposlaganlar.

Natijada B.Milana va B.Ivanovalar Chirchiq shahar tez tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan P.Nodira va N.Xanipalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “B” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech