O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ortiqcha ishonuvchanlik yoki “oson topilgan pullar”

Toshkent shahri. 2020 yilning fevral oyida fuqaro 34 yoshli E.Abdusamad o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Uchtepa tumani Birlik mahallasida joylashgan omborxonadan fuqaro 30 yoshli A.Abdulazizga tegishli jami narxi 400 000 000 so‘mlik bolalar pamperslari va ayollar gigiyena vositalarini sotib berish sharti bilan qo‘lga kiritib, o‘zga shaxslarga sotib pullarini o‘zining ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan E.Abdusamadga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Birovga moddiy yoki umuman boshqa holatlarda ishonch bildirishdan oldin chuqur o‘ylab ko‘ring. Firibgarlik qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo‘ling!

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech