Yangi yil kechasi achinarli yakunlandi
Farg‘ona viloyati. 2022-yil 1-yanvar kuni soat 03:30 larda 20 yoshli K.K. o‘zining to‘rt nafar tanishlari bilan birga M.N.,ning boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinaga o‘tirib, M.N.,ning Marg‘ilon shahar Qo‘rg‘ontagi ko‘chasida joylashgan uyiga harakatlanib, ko‘cha boshida harakatsiz turgan “Gentra” va “Nexia-3” rusumli avtomashinalarni ko‘rib, ularning yonida turgan 23 yoshli M.A. va uning sheriklariga avtomashinalariga yo‘l berishlarini so‘rashgan vaqtida og‘zaki janjallashib qolishib, janjal davomida M.A. o‘zining yonida bo‘lgan pichoq bilan K.K.,ning ko‘krak sohasiga bir marta urib, sheriklari bilan avtomashinalariga o‘tirib, hodisa joyidan qochib ketishganligi aniqlangan.
Olgan tan jarohatlari natijasida K.K. vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A. protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti