O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mijoz 200.000 so‘m uchun operatorga hujum qildi

Toshkent shahar. 2022 yil 05 noyabr kuni soat 17:40 larda nomaʼlum shaxs o‘zganing mulkini talon-taroj qilish maqsadida, Yashnobod tumani Botkina ko‘chasida joylashgan “Yandex Go” binosiga, guyoki o‘zini mijoz sifatida ko‘rsatib bino ichiga kirib, “New Impluse” operatori 30 yoshli N.E.ning sochidan ushlab, hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan harakatlari bilan bo‘yin qismiga yonida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jisimni tirab, bor pullarini berishini talab qilib, 200.000 so‘m atrofida pullarni olib, nomaʼlum tomonga ketib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringan.

Mazkur jinoyat ishi Yashnobod tumani IIO FMB TB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 46 yoshli I.P. sodir etganligi aniqlanib, u protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan bosqinchilikka qo‘l urganligi aniqlanmoqda.

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

mayor F.K.Saloxov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech