O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Niyatini oxirigacha yetkaza olmagan bosqinchi

Namangan viloyati. 2022 yil 1 oktyabr kuni soat 02:00 larda Namangan tumani Ko‘rkam ko‘chasida yashovchi 35 yoshli T.M. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 02:00 larda nomaʼlum shaxs uning yashash hovlisiga devor oshish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, hovlida turgan usta teshadan qurol sifatida foydalangan va yuz qismiga qora rangli niqob taqqan holda, u yotgan yotoqxonaga qo‘lidagi tesha bilan bostirib kirib, bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, tilla va pul talab qilgan vaqtida nomaʼlum shaxsni ovozi tanish bo‘lganligi uchun uni ismi bilan chaqirganligi, shunda nomaʼlum shaxsni qo‘lidagi teshani tortib olib, yuzidagi niqobini qo‘li bilan yechgani hamda bo‘yin qismidan bo‘g‘ganida, ushbu shaxs haqiqatdan xam uning ismi bilan chaqirgan tanishi ekanligini bilib qolganligini va ushbu shaxs qochib ketganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida, jabrlanuvchining yotoqxonasidan 1 dona sintetik matodan ishlangan qora rangli niqob, 1 dona tesha daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlari natijasida, ushbu bosqinchilik jinoyatini Namangan tumani Nodira ko‘chasida yashovchi 24 yoshli A.D. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech