Tog‘ kon metallurgiya kombinatida latun o‘g‘irlandi.
Toshkent viloyati. 2020 yil 17 yanvar kuni taxminan soat 14:00da "Olmaliq tog‘ kon metallurgiya” kombinatining kran haydovchisi 30 yoshli U.U., jez (latun') rangli metall bo‘laklarini o‘zining boshqaruvidagi “ZIL” rusumli avtokranida kon hududidan olib chiqib ketayotganida nazorat o‘tish joyida to‘xtatilib tekshirilganida avtokranning orqa yuqori qismidagi qutida narxi 7.298.386 so‘mlik umumiy og‘irligi 148 kg. bo‘lgan jez (latun') rangli metall bo‘laklari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV TQHB 1-sonli IIB tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U.U., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti