O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoʼchqor oʼgʼrilari aniqlanib ushlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 28 iyundan 15 iyul kuniga qadar boʼlgan vaqt mobaynida 45 yoshli Z.M. 28 yoshli А.B. bilan oʼzaro oldindan jinoiy til biriktirib, oʼzi yollanma ishchi sifatida ishlayotgan 38 yoshli N.T.,ning Boʼstonliq tumani Xondoyliq qishlogʼida joylashgan fermer xoʼjaligiga qarashli yaylov yer maydonidan, erkin holatda oʼtlab yurgan jami bahosi 91.500.000 soʼmlik 61 bosh qoʼchqorlarini va narxi 750.000 soʼm boʼlgan 5 qop yemlarini yashirin ravishda oʼgʼirlab ketgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, Z.M. va А.B., lar mazkur jinoyatni sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Boʼstonliq tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (oʼgʼrilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Oʼgʼirlangan 61 bosh qoʼchorlar ashyoviy dalil tariqasida olingan. 

Jinoyat ishi yuzasidan Z.M. va А.B., lar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech