O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bir necha marotaba omborxonadan ayollar oyoq kiyimlarini o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi va ushlandi

Toshkent shahri. 2021 yilning 09 yanvar kuni soat 05:30 da, 27 yoshli Latif B., Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasi “Do‘stlik” dehqon bozori yonida omborxonaga kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 40 yoshli Zafar X.,ga tegishli 1 dona qop ichida bo‘lgan umumiy bahosi 4.680.000 so‘mlik jami 36 juft ayollar oyoq kiyimlarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Latif B., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “G” bandi ( uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan, o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, Latif B., o‘zining jinoiy faoliyatini davom ettirib, 2021 yilning 12 yanvardan 15 yanvar kuniga qadar shu omborxonadan fuqaro Zafar X.,ga tegishli umumiy bahosi 40.560.000 so‘mlik ayollar oyoq kiyimlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan. 

Mazkur holat yuzasidan Latif B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “G” bandi va 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran sodir etilgan, o‘g‘rilik) bilan ayb eʼlon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech