O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼgʼirlik sodir etgan shaxs tergov yoʼli bilan aniqlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 06 avgust kuni soat 09:00 da nomaʼlum shaxs oʼzganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Nurafshon shahar Maʼrifat mahallasidagi 29 yoshli N.S.,ning (ayol) xonadoniga kirish eshigini ochiqligidan foydalanib, ushbu xonadonga gʼayriqonuniy ravishda kirib, uy ichidan 30.599.000 soʼm va 100 АQSh dollari miqdoridagi pullarini oʼgʼirlab hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida ushbu jinoyatni 31 yoshli А.N., sodir etganligi aniqlangan va gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech