“Sevgi afsuni”
Buxoro viloyati. 2021 yilning mart oyida 32 yoshli X.Sitora o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida joylashgan yashash xonadonida 31 yoshli T.Shavkatga o‘zini “folbin” deb tanishtirib, uning sevgan qizini “issiq-sovuq” orqali qaytarib berishga vaʼda qilib, jami 3 000 AQSH dollar pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.Sitoraga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, yaʼni ancha miqdorda aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davomida, X.Sitoraning boshqa jinoyatga aloqadorliklari tekshirilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.
Hozirda tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti