Maklerlar uy talashib, janjallashishi tan jarohat bilan yakunlandi
Toshkent shahar. 2023 yil 3 yanvar kuni soat 20:30 larda 23 yoshli S.U. “maklerlik” faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, tanishi 21 yoshli F.K. bilan Chilonzor tumani 16-dahasida joylashgan Y.J.ning ijaraga berayotgan uyiga ikkalasi ham bir mizojni olib borishi, o‘rtalarida o‘zaro janjal kelib chiqishiga olib kelgan va oqibatda ushbu uyning oldida S.U. jahl ustida qo‘lida bo‘lgan nomaʼlum jism bilan F.K.ning qorin sohasiga urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Natijada F.K. olgan tan jarohatlari bilan RSHTIYOMga “qorin oldi devori sanchilib kesilgan jarohati, taloq va buyrak shikastlanishi” kabi tan jarohati bilan murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muallif: Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi TB
katta tergovchisi podpolkovnik D.Abduraxmanova
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti