Pichoqbozlikka olib kelgan kichik YTH
Toshkent viloyati. 2020 yilning 29 mart kuni soat 19:00 da Bekobod shahar Yorqin koʼchasidagi avtomobilь yoʼlida 17 yoshli А.T., ning boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtomashina bilan 30 yoshli А.F., ning boshqaruvida boʼlgan “Nexia” rusumli avtomashina oʼrtasida kichik toʼqnashuv sodir boʼlgan, А.T. va А.F., lar oʼzaro janjal boshlaganliklari oqibatida, А.T. pichoq bilan А.F. va uning tanishi (yoʼlovchi) 29 yoshli S.X., larga tan jarohatlari yetkazgan.
Natijada S.X. va А.F., lar tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar. А.T. protsessual tartibda ushlanib undan ashyoviy dalil sifatida bir dona pichoq olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomnidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (badanga ogʼir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. А.T., g tegishli modda bilan ayb eʼlon qilinib “qamoqqa olish” tarzidagi extiyot chorasi qoʼllanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.