Mast holatda sodir etilgan bezorilik
Namangan viloyati. 2022 yil 27 fevral kuni 29 yoshli D.I. o‘zini tanishlari bilan Chust shaharda joylashgan “Bahor” nomli ovqatlanish shoxobchasida spirtli ichimlik isteʼmol qilib o‘tirib, mast holda boshqa stolda o‘tirgan 30 yoshli tanishi H.B.ni yoniga chaqirganida, u kelmaganligi sababli, oldida turgan idish tovoqlarni unga otib, jamoat joyida uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, atrofda o‘tirgan boshqa mijozlar hamda oshxona ishchilarini tinchligini buzgan. Shundan so‘ng, X.B. uning yoniga kelganida D.I. hech bir sababsiz, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, uni chap yuz qismiga bir marotaba qo‘li bilan urganligi oqibatida X.B. muvozanatini yo‘qotib, o‘sha yerda turgan stolning chetki qismiga o‘ng yuz va bosh qismi bilan yiqilib, tan jarohati olib hushidan ketganligi aniqlangan.
Natijada X.B. olgan tan jarohatlari bilan tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan D.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti