127 millionlik temir
Fargʼona. 34 yoshli I.E. Oʼzbekiston Respublikasi IIVning ishonch telefoni “1002” orqali murojaat qilib, unda Fargʼona shaxrida yashovchi 37 yoshli А.X. 2019 yilning fevralь-mart oylarida yashash xonadonida mavjud boʼlgan 127.300.000 soʼmlik metall buyumlarni pulini bir oy muddatda berish sharti bilan olib ketib, metall buyumlarni bozorda sotib yuborib, savdodan tushgan pullarni oʼzining shaxsiy ehtiyojlari yoʼlida ishlatib yuborganligini maʼlum qilib, mazkur pullarni olishda amaliy yordam soʼragan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʼshtepa tuman IIB xuzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik joʼda koʼp miqdorda) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xurmatli fuqarolar firibgarlarga ishonib qolmang, oʼz extiyoringizda boʼlgan buyumlar, boyliklarni oldi-sotti masalalarida oʼta ehtiyot boʼlishingizni va qonunda belgilangan tartibda amalga oshiringizni soʼraymiz.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti