O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oraliq masofani unutish oqibatlari

Namangan. 2020 yilning 23 iyunь kuni soat 12:05 da Pop tumani hududidan oʼtuvchi “Toshkent-Oʼsh” avtomobilь yoʼlining 247-kilometrida, haydovchi 30 yoshli T.T. boshqaruvida boʼlgan “Damas” rusumli avtomashinasini harakat xavfsizligini taʼminlay olmasdan, oʼzidan oldinda harakatlanib ketayotgan fuqaro I.I., ning boshqaruvida boʼlgan, MChJga tegishli “SАMS” rusumli yuk avtomashinasini orqa qismiga urilib yoʼl transport hodisasini sodir etgan.
Natijada “Damas” haydovchisi T.T. va avtomashina salonida boʼlgan yoʼlovchi 21 yoshli X.M. hodisa joyida vafot etgan, orqa oʼrindigʼida boʼlgan yoʼlovchi 51 yoshli X.Q (ayol). esa olgan tan jarohati bilan Pop tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi
3-qismi “a” bandi (odamlar oʼlimiga sabab boʼlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʼtamiz Yoʼl harakati qoidalarining 73 bandiga asosan haydovchi oʼzidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida toʼqnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.

Xurmatli haydovchilar transport vositasini xushyor va sergak holatda boshqarishingizni amaldagi “Yoʼl harakati qoidalariga” qaʼtiy rioya qilishingizni soʼraymiz.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech