Yoʼlda ketayotgan avtomashinani toʼxtatib, talonchilik qilgan shaxslar ushlandi
Fargʼona. 2020 yilning 23 iyunь kuni soat 23:45 da 22 yoshli S.А., boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida “Qoʼqon-Buvayda” avtomobil yoʼli boʼylab harakatlanib, Uchkoʼprik tumani Kaltatoy qishlogʼi hududiga yetib kelgan vaqtida, nomaʼlum shaxslar kul rangli “Nexia-1” rusumli avtomashina bilan toʼxtatib, avtomashinasi salonida boʼlgan 36.700.000 soʼm pullarini hamda bahosi 1.600.000 soʼmlik “Redmi-7” rusumli uyali aloqa vositasini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida mazkur jinoyatni 32 yoshli M.А., 24 yoshli J.J., 21 yoshli J.Yu. va M.U. (ayol), lar sodir etganliklari aniqlanib, J.J., dan “Redmi-7” rusumli uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʼprik tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Jinoyatni sodir etgan barcha shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov depaartamenti