O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Chet ellik tadbirkorni katta midordagi pulga aldashdi, tergov olib borilmoqda.

Andijon. 2015 yilning noyabr oyida 37 yoshli T.A., Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi 43 yoshli A.Z. bilan tanishib, A.Z.ning ishonchiga kirib, o‘zaro birgalikda XXRdan O‘zbekistonga sitrus mevalarni ekspert qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shu tariqa, 2016 yilning yanvar' oyigacha A.Z. tomonidan yuborilgan umumiy bahosi 1.201.082.400 so‘m (126.000 AQSh dollari) ga teng bo‘lgan sitrus meva mahsulotlarini O‘zbekiston hududida qabul qilib olishga erishib, mahsulotning bir qismi ya'ni 616.746.280 so‘m (64.700 AQSh dollari) pullarni A.Z.ga bergan. Hamda mahsulotlarni ichki bozorlarda sotib, qolgan 584.336.120 so‘m (61.300 AQSh dollari) miqdoridagi pullarni hozirgi kunga qadar qaytarib bermasdan, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan A.Z.ning arizasiga asosan darhol 2020 yilning 21 yanvar' kuni Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda T.A. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech