O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Janjal oqibatida 4 nafar shaxslar jarohat oldi

2018 yil 1 avgust kuni taxminan soat 18:00da N.K. va uning o‘g‘li I.K.lar Qashqadaryo viloyat Koson tuman hududida o‘zaro janjal oqibatida R.B. va uning ukalari A.B., I.B. va B.B.larning tanasini turli joylariga o‘tkir tig‘li jism va tayoq bilan urib, og‘ir tan jarohatlari etkazilishi natijasida kasalxonaga yotqizilganlar. N.K. va I.K.lar ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech