Narxi 1000 dollarlik “og‘u”
Andijon shahri. 2021 yilning 21 mart kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, shu kuni soat 17:30 da Paxtaobod tumani Mustaqillik MFY., hududida 40 yoshli Mirzabaxrom X., shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqaroga 1000 AQSH dollar evaziga o‘tkir hidli modda sotayotgan vaqtida ushlangan.
Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida Mirzabaxrom X.,dan olingan vazni 101.84 gramm modda “GASHISH” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Mirzabaxrom X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti