O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yoʼlovchi talashgan haydovchilarning janjali pichoqbozlik bilan tugadi

Аndijon. 2020 yil 23 aprelь kuni soat 17:30 larda 22 yoshli M.Q. Shahrixon tumani Qoʼrgʼoncha maxallasida 27 yoshli D.J. bilan avtomashinalarida yoʼlovchi tashish navbati masalasida janjallashgan vaqtida, xoʼjalik pichogʼi bilan D.J., ga tan jarohati yetkazgani oqibatida D.J. tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (badanga qasddan ogʼir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va M.Q. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech