Avtomashina noto‘g‘ri qo‘yilganligi yuzasidan kelib chiqqan janjal
Andijon. 2020 yilning 05 iyun' kuni soat 22:00 da 49 yoshli A.A. Paxtaobod tumani Xizmatchi ko‘chasida, 34 yoshli Z.Z., ning yashash xonadoni darvozasi oldiga avtomashinasini qo‘yganligi sababli o‘zaro janjallashib, Z.Z, ni shu yerda bo‘lgan temir parchasi bilan tanasining qorin va bel qismlariga urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada Z.Z. tan jarohatlari bilan tibbiyot mussasasiga yotqizilgan. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida bir dona temir parchasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti