O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlik o‘simliklarni keyinchalik o‘tkazish maqsadida parvarishlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand. 2020 yilning 08 iyun' kuni soat 10:45 da Pastdarg‘om tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2020” maxsus tadbiri davomida, Pastdarg‘om tumani “O‘tarchi” MFYda yashovchi 51 yoshli Z.E. uyining tomorqasida jami 26 tup ko‘p miqdordagi “kannabis” giyohvandlik o‘simligini kelgusida o‘tkazish maqsadida ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu o‘simliklar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 25,273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Z.E. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib prosessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech