O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Voyaga yetmagan shaxs transport vositasini olib qochdi va YTHga uchradi

Farg‘ona. 2020 yilning 03 avgust kunidan 04 avgust kuniga o‘tar kechasi 23 yoshli A.O. Voyaga yetmagan tanishlari 17 yoshli A.T., 17 yoshli D.X. va 15 yoshli b.S., lar bilan birgalikda Beshariq tumanida joylashgan yashash xonadonida spirtli ichimlik isteʼmol qilishib, D.X. va b.S., ko‘chaga chiqib ketishgan, A.T. esa xonadon egasi A.O., ni uxlab qolganligidan foydalanib, “Lacetti” rusumli avtomashinasini qo‘riqlov pulti orqali ochib, avtomashinani boshqarib, yaqin atrofda bo‘lgan b.S. va D.X., larni avtomashinaga chiqarib, qonunga xilof ravishda olib qochib ketgan.

So‘ng, A.T. spirtli ichimlik taʼsirida ushbu avtomashinada Beshariq tumani, Yakkatut qishlog‘i hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning chap tomonida bo‘lgan daraxtga urilib to‘xtagan.

Natijada A.T., b.S. va D.X., lar hodisa joyida yengil tan jarohatlari olib, hodisa joyidan qochib ketishgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech