Odam o‘limiga sabab bo‘lgan “SMS” xabar
Samarqand. 2020 yilning 04 avgust kuni soat 14:00 da Ishtixon tumani “Xalqobod” M.F.Y., da 34 yoshli Sh.Y. hamqishlog‘i 27 yoshli N.B., ga telefon kilib chakirib, singlisi 18 yoshli M.D., ga nima maqsadda SMS xabar jo‘natib tinchligini buzayotganligini so‘rab, yashash uyi orqa tomonida o‘zaro janjallashib qolishib, janjal davomida mushti bilan N.B., ni bosh sohasiga urib tan jarohati yetkazgan.
Natijada N.B. tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti