Xitoy fuqarosining sumkasini talon-taroj qilgan shaxslar ushlandi
Toshkent shahri. 2020 yilning 03 avgust kuni soat 22:40 da, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida Xitoy Xalq respublikasi fuqarosi 24 yoshli D.Ya. (ayol) boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasida to‘xtab turgan vaqtida nafar noma'lum shaxslar uning avtomashinasiga o‘tirib, uni har xil so‘zlar bilan chalg‘itib, avtomashinasida bo‘lgan ayollar sumkasi, uni ichidagi fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, 5.000 AQSh dollari, 2.000.000 so‘m pullari, qo‘l soati va Xitoy banklariga tegishli bank kartalarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergovga kirishilgan.
Olib borilgan dastlabki tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 23 yoshli M.S. va 25 yoshli M.A., lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan ashyoviy dalil tariqasida 3.400 AQSh dollari o‘rnatilgan tartibda olingan. M.S. va M.A., lar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Yakkasaroy tumani IIO FMB
huzuridagi TB katta tergovchisi
podpolkovnik Sh.A. Mirkarimova