Janubiy Koreyaga vaʼda qilingan safar boʼlmaydi!
Fargʼona. 2020 yilning mart oyidan iyunь oyiga qadar “Nafisa” ismli nomaʼlum shaxs 36 yoshli I.J. va yana 22 nafar tanishlarini Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishini aldab aytib, jami 48.400 АQSh dollar pul mablagʼlarini firibgarlik yoʼli bilan egallab olib, oʼzi foydalanib yurgan uyali yurgan telefon raqamini oʼchirib, jinoiy yoʼli bilan egallagan pul mablagʼlarni oʼz ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan “Nafisa” ismli nomaʼlum shaxsga nisbatan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik: juda koʼp miqdorda) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida oʼzini “Nafisa” deb tanishtirgan ayol muqaddam bir necha marotaba firibgarlik jinoyati sodir etganligi uchun sudlangan 37 yoshli Ch.S. ekanligi aniqlangan.Jinoyat ishi boʼyicha Ch.S. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti