O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

shga joylashtirishni vaʼda qilgan firibgar aniqlandi jinoyat ishi qoʼzgʼatildi

Аndijon. Аsaka tumani Yangisor MFY da yashovchi 38 yoshli А.А. 2020 yilning yanvarь oyida oʼziga oldindan tanish boʼlgan 49 yoshli T.T., ni ishonchiga kirib, uning oʼgʼli va jiyanlarini Аsaka tumanida joylashgan “Uz Auto Motors ” АJga ishga olib kirib qoʼyishini vaʼda qilib, T.T., ning 3.700 АQSh dollar pullarini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, oʼzining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Аsaka tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan А.А., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» (firibgarlik) bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalalari koʼrilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech